Toshiba korporatsiyasi (Yaponiya) prezidenti Xisao Tanaka kompaniyasida ro‘y bergan moliyaviy mojarolar uchun mas’uliyatni zimmasiga olib, iste’foga chiqish niyatida. Bu haqda Kyodo agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu haftada kompaniyaning keyingi yillardagi faoliyati mustaqil auditining dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi. Unda ta’kidlanishicha, Toshiba xodimlari korporatsiyaning muvaffaqiyatli o‘sishini namoyish etish istagidagi top-menejerlar tazyiqi ostida daromadlar haqidagi hisobotlarni qalbakilashtirgan bo‘lishi mumkin.
Xabar berishlaricha, oxirgi paytlarda rahbariyat har oylik yig‘ilishlarda ayrim bo‘linmalar va sho‘ba korxonalarga moliyaviy rejani qanday usullar bilan bo‘lsa-da, bajarish talabini qo‘ygan. Aynan shu omil hisobotlardagi ommaviy ko‘zbo‘yamachiliklar sababi bo‘lishi mumkin. Toshiba keyingi besh yil davomida oshirib ko‘rsatgan jami daromad miqdori 200 milliard iyenni (1,6 milliard dollar) tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)