Serbiya bosh vaziri Aleksandr Vuchichga Bosniyaning Srebrenitsa shahridagi yodgorlik inshootiga tashrifi chog‘ida tosh hamda suv solingan idishlar otishdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
AFP agentligi yozishicha, olomon yog‘dirgan toshlardan biri Serbiya bosh vaziri boshiga kelib tekkan. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, Serbiya delegatsiyasi shoshilinch ravishda avtomobillariga qaytib, yodgorlik inshootini tark etishga majbur bo‘lgan.
Srebrenitsada 11-iyul kuni musulmonlar ommaviy qirg‘iniga 20 yil to‘lishi munosabati bilan motam tadbirlari o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)