Jangarilar faoliyat olib borayotgan Tailand janubida ro‘y bergan teraktlar oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi, o‘ndan ziyod odam jarohat oldi. Bu haqda “TASS” axborot agentligiga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Songkxla provinsiyasining Sadao okrugida shaxsi aniqlanmagan kishi barlardan birining yaqinida portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Bu bilan deyarli bir paytda qo‘shni Naratxivat provinsiyasida ham bir nechta portlashlar ro‘y bergan, shuningdek, do‘kon yoqib yuborilgan.
Politsiya hozircha teraktlarning bir-biriga bog‘liqligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega emas.
Izoh (0)