2015-yilning 2-iyul kuni Toshkent shahrida ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Sergeli tumanida yashovchi, 28 yoshli shaxsning qo‘lidagi sumkasidan 2 kg 636 gramm marixuana giyohvandlik moddasi topildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)