Bulung‘urlik erkak oldin ham qalbaki aksiz markalarini o‘tkazish bilan shug‘ullanganligi uchun sudlangan edi. O‘shanda birinchi marta sudlanayotgani, ijobiy tavsiflanganligi uchun yengilroq jazo qo‘llanilgan edi. Keyinroq esa amnistiya akti tufayli jazodan butunlay ozod etildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Oradan bir necha yil o‘tib, u uyida qalbaki aroq tayyorlab sotishni yo‘lga qo‘yadi. Bir gal tanishidan 350 dona qalbaki aksiz markasini sotib oldi. Uyiga kelib ishni boshlagan ham edi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uning qilmishini fosh etdi.
Uning uyi ko‘zdan kechirilganida, sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 19 dona idishdagi etil spirti, 350 dona aksiz markasi, bir nechta bo‘sh aroq shishalari, etiketkalar va turli mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan tegishli jazo tayinlandi.
Izoh (0)