Rossiya aktrisa Pamela Andersonning finval (kit turi) go‘shtini olib ketayotgan Winter Bay kemasiga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab qilgan iltimosini bajara olmaydi, deya xabar bermoqda “Izvestiya” gazetasi.
Tabiat vazirligining bioxilma-xillikni asrash va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Valeriy Fyodorov Rossiyaning Winter Bay kemasini to‘xtatib qolish uchun qonuniy asoslari yo‘qligini, chunki kitlar Rossiya hududida o‘ldirilmaganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kema Rossiya portlaridan biriga kirgan holdagina, unga noqonuniy yuk ortilgani aniqlansa, qo‘lga olinishi mumkin.
Izoh (0)