BRIKS mamlakatlari o‘zlarining savdo ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etishi lozim. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi BRIKS ishbilarmonlik kengashi yig‘ilishida shunday taklif bilan chiqdi, deya xabar berdi “TASS”.
“Men BRIKSda raislik qiladigan mamlakatda yilda bir bor ko‘rgazma-yarmarka o‘tkazilishini taklif qilaman. Hindiston birinchi shunday yarmarkaga mezbonlik qilishdan mamnun bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan Modi.
Bosh vazir besh mamlakat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi tegishli jarayonlarni soddalashtirishga qaratilgan va yaqin orada tuzilishi kutilayotgan kelishuvni savdo-sotiqni osonlashtiradigan boshqa choralar qatorida alohida qayd etib o‘tdi.
Izoh (0)