Niderlandiya prokuraturasi Ukraina xaritasini e’lon qildi, unda Qrim, shuningdek, Odessa viloyatining janubiy qismi tasvirlanmagan, deb yozadi “Segodnya.ua”. Bunday rasm huquqni muhofaza qilish organi saytiga joylangan.
Xarita MH17 samolyoti halokati tergovining asosiy tafsilotlarini ko‘rsatib beruvchi infografikaning bir qismi hisoblanadi.
Xaritani o‘zgartirish zarurligi to‘g‘risidagi ko‘p sonli izohlarga qaramasdan, Niderlandiya prokuraturasi uni dastlabki holicha qoldirdi. Niderlandiya tashqi ishlar vazirligi Ukraina elchixonasi murojaatidan keyin ushbu axborotga e’tibor qaratishga va’da berdi.
Izoh (0)