Ukrainaning “Futbol 1” telekanali tomonidan xabar qilinishicha, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov “Vorskla” bilan yangi shartnoma imzolagan. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Hozircha shartnoma tafsilotlari va muddati ma’lum qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, Sanjar Tursunovning avvalgi shartnomasi muddati 2015-yilning 30-iyunida yakuniga yetgan edi. Ayni vaqtda Sanjar jamoasi bilan birga Sloveniyadagi yig‘inda bo‘lib turibdi.
Yarim himoyachi o‘tgan mavsum “Vorskla” safida 36 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol kiritgan.
Izoh (0)