Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida ikkinchi davra ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Bundan avvalgi ikkita “Katta Dubulg‘a” turnirlari – Avstraliya Ochiq chempionati va Fransiyadagi “Rolan Garros” turnirlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Jo‘rabek Karimov Londonda ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, iste’dodli Karimov ilk davrada amerikalik Vilyam Blumbergga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, shiddatli kechgan bahsda Jo‘rabek Karimov turnirning 10-raketkasiga 7:6, 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Izoh (0)