Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA yo‘nalishi “muntazam” chempioni Ruslan Chagayev (33-2-1, 20 KO) hamda ushbu kamarga da’vogar italiyalik Franchesko Pyaneta (31-1-1, 17 KO) jang oldidan so‘nggi final matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Tadbir Gamburg shahrida tashkil etildi.
Chempionlik jangining o‘zi esa 11-iyul kuni Germaniyaning Magdeburg shahrida o‘tkaziladi.
Chagayev jangga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga solishini aytdi.
Izoh (0)