Szyaotszo shahridagi (Xitoy) kompaniyalardan biri ayollar tug‘ruq ta’tiliga ish beruvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra chiqishi lozimligi to‘g‘risida buyruq chiqardi. Kompaniya “ish faoliyatiga sezilarli ta’sir”dan qochish niyatida shunday qarorga kelgan, deya xabar bermoqda Meduza.
“Xodimalar tomonidan bola ko‘rish rejasi tasdiqlangan va bajarilishi jiddiy nazoratga olingan”, — deyiladi mahalliy gazetada chop etilgan farmoyishda. Rejadan tashqari tuqqan ayollarni 1000 yuan (161 dollar) jarima kutadi va lavozimi oshirilmaydi. Ularni yillik mukofotdan mahrum etishlari ham mumkin. Shuningdek, ayollarga kompaniyadagi ishining birinchi yilida tug‘ish taqiqlangan.
Izoh (0)