Filippin politsiyasi 59 kishining hayotiga zomin bo‘lgan parom halokati ishi bo‘yicha kema ekipaji va egasiga nisbatan qotillik ayblovini ilgari surdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sohil qo‘riqlash xizmati umumiy hisobda 140 kishini qutqarib qoldi. Ayni vaqtda, paromning yo‘nalish hujjatlarida 189 kishi – 173 nafar yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a’zosi qayd etilgan.
Shu munosabat bilan Ormok shahrida tashkil etilgan favqulodda shtab boshlig‘i barcha ro‘yxatlarni yana bir bor qaytadan tekshirib chiqish haqida ko‘rsatma berdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur ayblovning e’lon qilinishi kema halokatiga inson omili sabab bo‘lganini bilvosita tasdiqlashi mumkin. Boshqa taxminlarga ko‘ra, kema noqulay ob-havo sharoiti tufayli cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin.
Leyte viloyatidagi Ormok portidan Kamotes orollaridagi Pilar porti tomon yo‘lga chiqqan Kim Nirvana paromi 2-iyul, payshanba kuni cho‘kib ketgan edi.
Izoh (0)