Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan “Progress M-28 M” yuk kemasi ortilgan “Soyuz-U” tashuvchi raketasi samoga ko‘tarildi, deb xabar beradi Meduza.
Bu 28-aprelda “Progress M-27M” yuk kemasi bilan sodir bo‘lgan avariyadan buyon “Progress”ning birinchi parvozi hisoblanadi.
“Progress” va Xalqaro kosmik stansiyasi o‘rtasidagi birikish 2 kundan keyin sodir bo‘lishi kutilmoqda. Tashuvchi raketa 3-iyul kuni Moskva vaqti bilan soat 07:55 (Toshkent vaqti bilan 09:55) da start olgan.
28-iyun kuni XKSga 2 tonna yuk ortilgan Falcon 9 tashuvchi raketasi kosmodromdan uchirilgach, 3 daqiqa o‘tib portlab ketgan.
NASA va Rossiya Parvozlarni boshqarish markazi vakillarining ma’lum qilishicha, ikkita yuk kemasi avariyaga uchraganiga qaramay, XKSda yetarli miqdorda oziq-ovqat, suv va kislorod zaxiralari bor.
Izoh (0)