3-iyulga o‘tar kechasi Fransiya shimolidagi “Palyuel” atom elektr stansiyasida yong‘in chiqdi. Yong‘inni bartaraf etish ishlarida 70 dan ortiq o‘t o‘chirish mashinalari ishtirok etdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
AES rahbariyati yong‘inni o‘chirish “alohida ko‘nikmalar” talab etgani, elektr stansiyasining barcha xodimlari evakuatsiya qilinganini aytib o‘tdi. Yong‘in natijasida radiatsiya tarqalishi kuzatilmadi.
“Jabrlanganlar yo‘q, obyektning xavfsizligi bilan bog‘liq hech qanday muammolar sodir bo‘lmadi”, — dedi AES vakili.
Ayni vaqtga kelib yong‘in o‘chirilgan, ammo o‘t o‘chiruvchilar har ehtimolga qarshi hodisa joyida navbatchilik qilmoqda.
Izoh (0)