Misrning Sinay yarimoroli shimolida o‘tkazilgan harbiy operatsiya vaqtida 100 nafar jangari yo‘q qilindi. “TASS” xabariga ko‘ra, Misr armiyasi to‘qnashuvlar vaqtida 17 nafar harbiy xizmatchini yo‘qotgan.
Mazkur harbiy operatsiya jangarilarning Shayx-Zuvayd va Rafah shaharlari atrofidagi 15ta blokpost va armiya inshootlariga uyushtirgan hujumiga javoban tashkil etildi.
Terrorchilarga qarshi quruqlikdagi operatsiyaga harbiy aviatsiya tomonidan ko‘mak berildi – vertolyotlar va qiruvchi samolyotlar ekstremistlarning marralariga qarata tinimsiz zarbalar berdi.
Armiyaning javob harakatlari vaqtida terrorchilar tomonidan foydalanilayotgan 20dan ortiq transport vositalari yo‘q qilindi.
Izoh (0)