1-iyul kuni Pxenyanda “Sunan” xalqaro aeroportining yangi terminali ochilishiga KXDR yetakchisi Kim Chen In tashrif buyurdi, deb xabar qiladi “Nur.kz”.
Yangi terminalning qurilish ishlari 2012-yilda boshlangandi. KXDR hukumati xalqaro reyslarni yangi terminalga o‘tkazmoqchi. Eski terminaldan esa ichki reyslar uchun foydalaniladi.
KXDR yetakchisi Kim Chen In rafiqasi Li Sol Chju bilan kutish zali, uchish va qo‘nish maydonlari, maxsus mehmonlar uchun zalni ko‘zdan kechirdi.
Kim Chen In to‘liq KXDR fuqarolari kuchi bilan qurilgan ko‘rkam aeroport uchun quruvchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Izoh (0)