Ekvador hukumati 1-iyul, chorshanba kuni muxolifatni Kitodagi prezident saroyini egallash hamda aeroportlar, qo‘shni Kolumbiya va Peru bilan chegara punktlarini qamal qilishga urinishda aybladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ekvador ichki ishlar vaziri Xose Serranoning ta’kidlashicha, muxolifat bu harakatlarini 2-iyul, payshanba kuniga mo‘ljallangan norozilik namoyishlari chog‘ida amalga oshirishni rejalashtirgan. Gap Kito markazidagi prezident Rafael Korrea ishlaydigan hukumat markazi, shuningdek, poytaxtdagi va yirik shahar — Guyakildagi aeroportlar to‘g‘risida ketmoqda.
Bu namoyishlarning asl maqsadi mamlakatda tartibsizliklar keltirib chiqarish va shu orqali 6—8-iyulga mo‘ljallangan Rim papasi Fransiskning Ekvadorga tashrifiga xalaqit berish bo‘lgan.
Ekvadordagi ommaviy namoyishlar iyundan beri davom etmoqda. Ular davlat rahbarining foyda va meros solig‘ini oshirish bo‘yicha rejalari bilan bog‘liq.
Izoh (0)