Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni birinchi darajali “Manas” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda QR prezidenti apparatining axborot siyosati bo‘limi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda K-News.
Nazarboyev Qirg‘iziston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni rivojlantirish, ikki mamlakat orasidagi do‘stlik va qo‘shnichilikni mustahkamlashda ko‘rsatgan ulkan xizmatlari uchun taqdirlangan.
Izoh (0)