Hindiston markazidagi Maxarashtra shtatida 4 mingdan ortiq shifokor mehnat sharoitlarining yaxshilanishini talab qilib, ish tashlash boshladi. “TASS” xabariga ko‘ra, ish tashlashda mumbaylik 2 mingdan ortiq shifokor ham qatnashmoqda.
Maxarashtra shifokorlari markaziy kengashi prezidenti Sagar Mundandaning so‘zlariga ko‘ra, “tibbiyot xodimlari o‘z mehnatlariga yarasha haq olishlari va hukumat tomonidan hurmatga loyiq ko‘rilishlari kerak”.
Shifokorlar tomonidan ilgari surilayotgan talablar orasida maosh va stipendiyalar miqdorini oshirish, ayol shifokorlar uchun qo‘shimcha ta’til kunlarini ajratish, ish vaqtini aniq belgilash, oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tugatgan dan so‘ng, agar bir oy ichida belgilangan joyda bo‘sh ish o‘rni topilmasa, qishloq joyda ishlab berish majburiyatidan ozod qilish kabilar bor.
Mundandaning ta’kidlashicha, namoyishchilar o‘zlari ilgari surayotgan talablar bajarilmagunicha ishga chiqmaslikka qat’iy qaror qilishgan. Hozircha shtat rahbariyati bilan olib borilayotgan muzokaralar ish tashlagan shifokorlar kutgan natijalarni keltirmayapti.
Izoh (0)