Kolumbiyalik taniqli xonanda Shakira AQSh prezidentligiga nomzod, milliarder Donald Trampni irqchilikda aybladi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, xonanda bu haqda Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirgan.
Ikki hafta avval Tramp meksikalik muhojirlarni jinoyatchi va zo‘ravon deb atab, Meksika AQShga yaxshi insonlarni emas, balki “muammolarga to‘la odamlarni” jo‘natishi haqida aytib o‘tgandi.
Shakira AQSh prezidentligiga nomzod milliarderning bu so‘zlariga keskin munosabat bildirdi: “Qari manyakning bu kabi irqchilikka to‘la nutqlari mamlakatni parchalaydi va AQShdagi demokratiyaga zarar yetkazadi”.
Avvalroq, milliarderning mojaroli nutqidan so‘ng, Meksika “Olam go‘zali” tanlovida ishtirok etishdan bosh tortgandi – mazkur tanlov huquqlari aynan Donald Trampga tegishli.
Izoh (0)