Biznesmen Alisher Usmonov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida “Metalloinvest” xoldingi sanksiyalarga qaramay ruda ishlab chiqarish hajmini 3 foizga o‘stirganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bizning ‘Metalloinvest’ xoldingimiz ishlab chiqarishni susaytirmadi, aksincha, biz temir rudasi ishlab chiqarishni 3 foizga oshirdik”, dedi tadbirkor va “Afsuski, faqatgina 3 foiz”, deb qo‘shimcha qildi.
Davlat rahbari iltimosiga binoan Usmonov o‘z xoldingi misolida mamlakat iqtisodiyotini qanday ko‘rayotgani haqida gapirib berdi.
“Hozirgi kunda iqtisodiyotda yuz berayotgan o‘zgarishlar mamlakatimizga nisbatan salbiy rol o‘ynamoqda. Ular kompaniyalarimiz uchun texnologiyalarni yaxshilashni murakkablashtirmoqda, ishlab chiqarish jarayonini to‘xtatmoqda. Lekin shu bilan birga ular kuchlarimizni birlashtirmoqda. Banklar hozir ham bizni moliyalashtirishga tayyor, ammo barchaga ma’lum sabablarga ko‘ra, ular ancha ehtiyotkorlik bilan ish tutmoqda”.
Biznesmen yana “Metalloinvest”dan tashqari “Megafon” va Mail.Ru ham endilikda xolding tarkibiga kirishini qayd etib o‘tdi.
Izoh (0)