Indoneziyaning Shimoliy Sumatra provinsiyasidagi Medan shahrida harbiy samolyot mehmonxona ustiga qulab tushdi. Halokat natijasida kamida 30 kishi vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Mamlakat harbiy havo kuchlari general-mayori Fuad Basya samolyotning qulaganini tasdiqladi. Dastlabki xabarlarga qaraganda, gap Hercules haqida ketmoqda.
Hozircha halok bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas. Guvohlarning ta’kidlashicha, samolyot Golden Eleven mehmonxonasi ustida havoda portlab ketgan va qulashi oldidan ikkita binoga urilgan.
Ayni vaqtda halokat bo‘lgan hududda yong‘in davom etmoqda. O‘nlab o‘t o‘chirish mashinalari alangani bartaraf etishga urinmoqda.
Izoh (0)