Gretsiya hukumati referendumda mamlakatning Yevrohududdan chiqishi haqidagi savolni qo‘ymaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Aleksis Sipras xalqqa qaratilgan telemurojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Sipras so‘zlariga ko‘ra, yunonlarning qarz beruvchilar shartlariga qarshi ovoz berishi Yevropa valyutasidan voz kechishni bildirmaydi.
Nashr eslatishicha, avvalroq Afina markazida 5,5 ming kishi yevropalik qarz beruvchilar takliflariga qarshi bosh ko‘targani xabar berilgan edi.
Izoh (0)