Butunjahon an’anaviy Fudokan karate federatsiyasi (WFF) prezidenti afsonaviy Iliya Yorga Toshkentga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
Fudokan karate maktabi asoschisi, karate bo‘yicha ilk jahon chempionatlari g‘olibi va sovrindori, kumite va kata bo‘yicha uch karra Yevropa chempioni, tibbiyot fanlari doktori, Belgrad universiteti professori, karatedagi eng yuqori 10-dan sohibi Yorga uch kun davomida karate bilan shug‘ullanuvchilar uchun mahorat darslarini namoyish etdi.
Tashkilotchilar — kumite bo‘yicha jahon chempioni shixan Shuhrat Anvarov rahbarlik qiluvchi O‘zbekiston Fudokan karate-do federatsiyasi tashrif dasturini qiziqarli va rang-barang qilishga intildi.
Iliya Yorga o‘zbek karatechilarining darajasi o‘sganini ta’kidlab, ularning sinchkov aqli, irodasi va g‘alabaga intiluvchanligini maqtadi hamda barchani sog‘lom bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanishga da’vat etib qoldi.
Izoh (0)