Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Zepp Blatter fikricha, uning tashkilot prezidenti lavozimidan ketishi o‘zi uchun ham, tashkilot uchun ham ozodlikka aylanadi, deb yozadi “Kommersant”.
FIFAning yangi prezidenti saylanadigan navbatdan tashqari kongress 2016-yil boshida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shunday der ekan, Blatter dekabrga Yaponiyada klublar bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilishi mo‘ljallanganini eslatib o‘tdi.
Nashr eslatishicha, avvalroq FIFA prezidenti tashkilotning Syurixdagi muzeyini qurish bilan band bo‘lgan ishchilar bilan suhbatda o‘zining “texnik jihatdan” hali prezidentlik lavozimida ekanligini ma’lum qilgan edi. Uning bu so‘zlari shu zahotiyoq Blatter lavozimini tark etishdan bosh tortgani haqida mish-mishlar paydo bo‘lishiga olib kelgan edi.
Izoh (0)