O‘zbekiston chempionati 15-tur uchrashuvlariga tayinlangan hakamlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
Unga ko‘ra, 1-iyul, chorshanba kuni “Navbahor”ning Toshkentda “Lokomotiv” bilan kechadigan birinchi davraning so‘nggi bellashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Poytaxtlik FIFA referisiga qanotlarda hamshaharlari Abdulhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar ko‘maklashsa, qarshilik Nayim Qosimov zaxira hakami vazifasini bajaradi. Bellashuv nazoratchisi sifatida toshkentlik Dmitriy Roman qayd etilgan.
Izoh (0)