Qozog‘iston prezidenti saytining yaqin orada ishga tushirish rejalashtirilayotgan yangi dizayni sharofati bilan mamlakatning har qanday fuqarosi o‘zining davlat rahbariga atalgan murojaatini qoldirishi mumkin bo‘ladi, deb yozadi “Nur.kz”.
Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining yangilangan rasmiy saytini (akorda.kz) 3-iyul kuni ishga tushiradi.
Sayt qulay tuzilma va navigatsiyaga ega bo‘lish bilan birga, yangi dizayn sayt smartfon va planshetlarda to‘liq aks etishi uchun moslashuvchan bo‘ladi. “Prezidentga maktub” funksiyasi doirasida esa davlat rahbari nomiga murojaatnoma jo‘natish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)