57 ta davlat vakillari Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankini tuzish haqida bitim imzolaydi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Imzolash marosimi Pekinda bo‘lib o‘tadi. “Bu ahamiyatli hodisa. Ta’sis hujjatlari AIIB yaratilishi va faoliyat yuritishi uchun mustahkam poydevor qo‘yadi”, — dedi XXR moliya vaziri.
Bankni yaratish tashabbusi bilan 2013-yilda XXR rahbari Si Szinpin chiqqan edi. Yangi xalqaro moliya institutini tuzish haqidagi bitim 2014-yil oktabrida 21 ta mamlakat vakillari tomonidan imzolangan edi.
Izoh (0)