Rossiya futbol ittifoqi o‘z vasiylaridan biri biznesmen Alisher Usmonovga murojaat qilib, 300 million rubllik qarzdan voz kechishni so‘radi, deya xabar bermoqda “RBK”. Ushbu mablag‘ni ittifoq Rossiya termasi murabbiyi Fabio Kapello oldidagi qarzni to‘lash uchun olgan edi.
“Alisher Burxonovich shunday marhamatli odamki, qarzdan voz kechishi ham mumkin. Biroq hozircha savolimizga javob olmadik”, — dedi RFI prezidenti vazifasini bajaruvchi Nikita Simonyan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, biznesmen Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Rossiya termasi bosh murabbiyi Fabio Kapello bilan hisob-kitob qilishga yordam berish maqsadida 300 million rubl ajratishi xabar berilgan edi. 2015-yil fevralida Usmonov RFIga 400 million rubllik kredit taqdim etgan edi. Alisher Usmonov RFIga taqdim etadigan jami summa RFIning murabbiy oldidagi bugungi kungacha bo‘lgan qarzlarini yopadi.
Izoh (0)