Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos jamoa bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortmoqda, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Madridliklar Ramosga yiliga 7,5 million yevro maosh taklif qilmoqda. Ammo himoyachining o‘zi 10 million yevro talab qilgan. Ayni vaqtda muzokaralar davom etyapti.
Eslatib o‘tamiz, Ramosga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirgani xabar qilingan edi. Himoyachi o‘tgan mavsumda “Real” tarkibida turli musobaqalarda 42 o‘yinda maydonga tushgan va 7 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izoh (0)