Shu kunlarda London shahrida “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining saralash bahslari davom etmoqda, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Unda o‘zbekistonlik Farrux Do‘stov ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazyapti.
23-iyun kuni O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi saralashning ilk bosqichida britaniyalik Richard Blumfayldga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan bahsda Do‘stov raqibini 4:6, 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Farrux saralash bahslarida 26-raqam ostida tasniflangan. Endi o‘zbekistonlik tennischi ikkinchi davrada gruziyalik Nikolaz Basilashviliga qarshi kortga chiqadi. Basilashvili 23-iyun kuni ruminiyalik Viktor Xaneskudan ustun keldi.
Izoh (0)