“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub prezidenti Florentino Peresning Iker Kasilyas va Serxio Ramosga nisbatan munosabatidan norozi, deb xabar qiladi “Korrespondent”.
Darvozabon va himoyachi “Santyago Bernabeu”da tegishlicha, 16 va 10 yil o‘tkazgan. Ammo bu futbolchilarning sodiqligi uchun taqdirlash o‘rniga mavsumlar oralig‘ida ularga chiqish eshiklari ko‘rsatilishi mumkin. Krishtianu Ronaldu vaqt o‘tishi bilan Peres u bilan ham shunday yo‘l tutishidan xavotirlanmoqda.
Bundan tashqari, Ronaldu jamoaning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites uni markaziy hujumchi o‘rnida o‘ynatmoqchi ekanligidan matbuot va ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganidan ham norozi bo‘lmoqda. Biroq ispan mutaxassisi Garet Beyl keyingi mavsumda qaysi chiziqda o‘ynashini muhokama qilish uchun Kardiffga shaxsan tashrif buyurgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu va “Real” o‘rtasidagi nizolarni “PSJ” zimdan kuzatib bormoqda. Parijliklar imkon bo‘ldi deguncha portugaliyalik to‘purarni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Izoh (0)