Biznesmen Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Rossiya termasi bosh murabbiyi Fabio Kapello bilan hisob-kitob qilishga yordam beradi, deb yozadi “Sports.ru”.
2015-yil fevralida Usmonov RFIga 400 million rubllik kredit taqdim etgan edi. Usmonov aytishicha, endi u ittifoqqa yana 300 million rubl ajratadi.
Usmonov, shuningdek, uning kompaniyasi RFI bilan homiylik shartnomasini tuzish imkoniyatlarini ishlab chiqayotganini aytdi.
Alisher Usmonov RFIga taqdim etadigan jami summa RFIning murabbiy oldidagi bugungi kungacha bo‘lgan qarzlarini yopadi.
Izoh (0)