Amerika Kubogining guruh bosqichidagi Argentina – Yamayka uchrashuvi yakuniga yetganidan so‘ng yamaykalik futbolchi Dishorn Braun Lionel Messi bilan maydonning o‘zida selfiga tushdi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
“Bugun meni hayotimdagi eng yaxshi kun. Men Messiga qarshi o‘ynadim va u bilan suratga tushdim”, — dedi yamaykalik futbolchi.
O‘yin esa Argentinaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. Guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘lgan Yamayka termasi turnirni tark etdi.
Izoh (0)