Tbilisida o‘tkazilgan xayriya auksionida Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvilining kumush tugma (zaponka)si 4 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Tushgan mablag‘ suv toshqinidan jabrlanganlarga yordam berish uchun yo‘naltiriladi. Lotning boshlang‘ich narxi 100 dollarni tashkil etgan. Uni biznesvumen Nazi Alasaniya o‘z nevarasi uchun sotib olgan.
Auksion kechasini yakunlab berishi kerak bo‘lgan bayram torti ofatdan jabrlangan bolalarga yuborildi.
Gruziya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, suv toshqini natijasida 457 kishi jabrlangan, ulardan 119 nafari bolalardir.
Izoh (0)