Hindistondagi eng mashhur yodgorlik sanalmish Tojmahal maqbarasida sayyohlar uchun bepul Wi-Fi ishga tushirildi. Bu haqda Hindiston axborot texnologiyalari vaziri Ravi Shankar Prasad o‘z Twitter’ida ma’lum qildi.
The Wall Street Journal aniqlik kiritishicha, majmua hududidagi aloqa xizmati Bharat Sanchar Nigam davlat telekommunikatsiya kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi. Internetdan bepul foydalanish imkoniyati tashrifchilarga 30 daqiqalik cheklov bilan beriladi, undan keyin tarmoqdan foydalanish uchun turistlar aloqa xizmati haqini to‘lashi kerak.
Izoh (0)