Meksikalik arxeologlar yoshi taxminan 12 ming yilga teng ayol kishiga tegishli bosh suyagini topib oldi, deya xabar bermoqda “Newskaz.ru”. Bu Amerika qit’asida topilgan eng qadimiy inson qoldig‘i bo‘lishi mumkin.
Topilma Meksikaning hozirgi Kintana-Roo shtatida, qadimgi mayyalarning Tulum shahri joylashgan sohilbo‘yidagi yer osti g‘orida aniqlandi.
Meksika Milliy avtonom universiteti olimlari ma’lumotlariga ko‘ra, bosh suyagining yoshi 10—12 ming yilni tashkil etadi.
Xabar berilishicha, qoldiqlar qit’a hududida avvalroq topilgan jasadlarga o‘xshamaydi.
Izoh (0)