Xitoylik olimlar odam MERS koronavirusiga chalingan-chalinmaganini 15 daqiqa ichida aniqlash imkonini beruvchi maxsus diagnostik reagent ishlab chiqqanini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Reagent Xitoy hududida koronavirus avj olgan taqdirda kasallanganlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Ushbu diagnostika vositasining afzalligi shundaki, unda antigenlar ishlatiladi, ular test tez va oson o‘tishini ta’minlaydi.
Yangi reagent ancha samarali bo‘lib, bir mutaxassisning o‘zi bir kunda mingdan ortiq test o‘tkazishi mumkin.
Izoh (0)