KXDR Markaziy telegraf agentligi (KMTA) Shimoliy Koreyaning “Kimdan-2” dorisi Ebola bezgagi, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi va OITSdan qutqarishi haqida xabar berdi. Ma’lumot KMTA saytida keltiriladi.
“SARS (atipik zotiljam), Ebola va MERS kabi halokatli virusli infeksiyalar immun tizimiga aloqador, va shu tufayli ularni immunitetni tiklovchi ‘Kimdan-2’ bilan osongina davolash mumkin”, — deyiladi agentlik saytida.
Ta’kidlanishicha, tibbiy dori vositasi jenshen va noyob mikroelementlardan tarkib topgan.
Associated Press eslatishicha, 2006 va 2013-yillarda parranda grippi avj olganida ham Shimoliy Koreya ushbu dorini reklama qilgan edi.
Izoh (0)