O‘zbekistonda ulgurji va chakana savdo korxonalari uchun savdo ustamasining yuqori chegarasini belgilash orqali dori vositalari va tibbiy buyumlar narxini pasaytirish rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi UzDaily.
Vazirlar Mahakamasining “Farmatsevtik faoliyatni tartibga solish hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun narx belgilash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi “Normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi” saytida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati 2015-yil 1-avgustdan ulgurji savdo korxonalari uchun boshlang‘ich narxning 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi, chakana savdo korxonalari uchun xarid narxining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi savdo ustamalarining yuqori chegarasini belgilaydi.
Izoh (0)