Aznur Travel kompaniyasiga tegishli ikki qavatli ekskursiya avtobuslari endi kechki payt ham harakatlanadi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Kechki reyslar 18:00, 19:00, 20:00 va 21:00 da yo‘nalish bo‘ylab harakatni boshlaydi. “O‘zbekiston” mehmonxonasidan boshlanadigan ekskursiya 1 soat 40 daqiqa davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, 17-yanvardan boshlab Toshkent ko‘chalarida dabldekerlar qatnay boshlagandi.
Izoh (0)