Ukrainaning Strasburgdagi doimiy vakili Nikolay Tochitskiy Yevropa Kengashi rahbariyatiga murojaatnoma yozib, Rossiya Donetsk va Lugansk viloyatlarining bir qismini bosib olganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Matnda 5-iyun sanasi ko‘rsatilgan, Yevropa Kengashi saytiga esa u 10-iyun kuni joylandi.
Ukraina OAVlari ta’kidlashicha, Ukraina birinchi marta mamlakat janubidagi vaziyatni bosib olish (okkupatsiya) deb atashga chaqirdi.
Izoh (0)