O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Abdurashitov Baxtiyor Ergashvayevich va Atadjanova Shoira Xalilovna tibbiyot sohasida foydalanish uchun kamqonlikni davolashga mo‘ljallangan dorivor vosita taklif etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi xabar bermoqda.
Taklif etilgan vositaning vazifasi – ekologik toza o‘simlik xom ashyosi asosida anemiyaga qarshi mahalliy, arzon va yuqori darajada samarali preparatni yaratish, alimentar va gemolitik anemiyaning eksperimental modeli asosida uning quyonlarda perifirik qonning morfologik tarkibini tiklash xususiyatini aniqlash, yallig‘lanishga qarshi ta’sirini va sirop ta’sirida immun tizimning tabiiy ravishda, nojo‘ya ta’sirlarsiz ishtirok etish darajasini aniqlashdan iborat.
Mualliflar mazkur dori vositasiga patent olish uchun talabnoma topshirdi.
Izoh (0)