2015-yil 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 4 ta kodeks hamda 6 ta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonunga imzo chekdi. Qonunga ko‘ra, Fuqarolik protsessual kodeksiga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar beradi “Xushnudbek.uz”.
Ushbu o‘zgartirishlarning ahamiyatli tomoni, 2016-yil 1-yanvar kunidan boshlab fuqarolik sudlariga internet orqali ham arizalar topshirish mumkin bo‘ladi.
Xususan, Fuqarolik protsessual kodeksining 1-moddasi quyidagi mazmundagi 4-qism bilan to‘ldirildi:
Sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Bundan tashqari, endilikda sudga chaqiruv qog‘ozlari, sudning chiqargan ajrim, hal qiluv qarorlari va tushuntirishlar (e’tirozlar) taraflarga elektron ko‘rinishda, internet tarmog‘i orqali yuborilishi mumkin bo‘ladi.
2013-yil 30-apreldagi qonunga ko‘ra, xo‘jalik sudlariga internet orqali ariza topshirish mumkinligi belgilab qo‘yilgan edi va bugungi kunda Oliy Xo‘jalik Sudining rasmiy sayti – http://economical-court.uz orqali xo‘jalik sudlariga da’vo arizalari qabul qilinmoqda.
Izoh (0)