Yaponiya Ukrainaga moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun 1,5 milliard dollar kredit ajratadi. Bu haqda 6-iyun kuni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”.
“Men Yaponiyadan 1,5 milliard dollar hajmidagi kredit kafolatlari taqdim etgani uchun minnatdorman, u bizga Ukraina moliyaviy tizimi barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Bunday yondashuv Ukraina uchun qiyin davrda chinakam birdamlik va amaliy yordam ko‘rsatish hisoblanadi”, — dedi Poroshenko.
Ukraina va Yaponiya shuningdek, Kiyev yaqinidagi Bortnik aeratsiya stansiyasini rekonstruksiya qilish uchun 1,1 milliard dollarlik kredit haqida shartnoma imzoladi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 5—6-iyun kunlari Ukrainada tarixdagi ilk rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.
Izoh (0)