Malayziya sharqida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
Zilziladan so‘ng Kalimantan (Borneo) orolining eng baland Kinabalu tog‘i qoyalari orasida Malayziya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Singapur, AQSH, Tailand, Turkiya, Filippin va Yaponiyaning jami 189 fuqarosi qamalib qolgani, yana 16 kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilindi.
Malayziya meteorologiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi 5,9 magnitudaga teng bo‘lib, epitsentri Sabah shtatining Ranau shahridag 16 kilometr shimoli-g‘arbda, o‘chog‘i esa yer sathidan 54 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila kuchi Sabahning aksariyat qismida va hatto qo‘shni Labuan federal hududida ham sezilgan. Zilziladan so‘ng magnitudasi 4,3 va 2,8ga teng bo‘lgan ikkita aftershok qayd etilgan.