AQSh harbiy mashg‘ulotlar uchun raketa tashuvchi uchta qit’alararo B-52 bombardimonchi samolyotlarini Buyuk Britaniyaga yetkazdi. Bu haqda Kommersant.ru xabar bermoqda.
“Bombardimonchilarning yetkazib berilishi AQSh juda uzoq va global zarbalarni berish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini qayta taqsimlash qobiliyatiga ekanligini namoyish etadi”, - deyiladi AQSh Strategik qo‘mondonligi press-relizida.
Qayd etishlaricha, Amerika samolyotlari Yevropada bir oy davomida NATOning Baltops va Saber Strike harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Ushbu mashg‘ulotlar Boltiq dengizining xalqaro suvlari hamda Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha hududida o‘tkazilmoqda.