Nyu-York sudi juma kuni Argentinaning davlat qarzi yuzasidan yangi qaror qabul qildi. Bu haqda Kommersant.ru xabar bermoqda.
Sudya Tomas Griyeza Argentina hukumatiga bir qator xorijiy kreditorlarga 5,2 milliard dollar to‘lash majburiyatini yukladi. Faqat shundan so‘ng mavjud qarzning qolgan qismini to‘liq qoplash mumkin.
Business Insider’ning xabar berishicha, bunda gap Argentina qarzining 500 sohibi haqida bormoqda. Ular qarzni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha 2005 va 2010-yillardagi jarayonlarga rozi bo‘lishmagan.
Argentina iqtisodiyot vazirligi mamlakat qarzining yuzlab sohiblariga bir necha milliard dollarlik qarzni to‘lash haqidagi Amerika sudi qarori ustidan apellyatsiya berishini ma’lum qilgandi.