“Barselona” forvardlari Lionel Messi va Neymar hamda “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2014/15-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purariga aylandi, deb xabar beradi “Arena.uz”.
Ushbu futbolchilar YeChLning joriy mavsumida raqiblar darvozasiga 10 tadan to‘p kiritdi. Ronaldu va Neymar musobaqada 12 ta, Messi esa 13 ta o‘yin o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi va Neymar Yevropa Chempionlar Ligasi—2014/15 g‘olibiga aylandi.
Izoh (0)